
Ekspert hakamlar qo‘mitasi "Mash’al" - "Bunyodkor" o‘yinida faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi
Kuni kecha "Mash’al" va "Bunyodkor" o‘rtasida Superliga 11-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ekspert hakamlar qo‘mitasi ushbu bahsda faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi.
"Superliganing 11-turidan o‘rin olgan “Mash’al” — “Bunyodkor” uchrashuvining 62-daqiqasida “Mash’al”ning hisob tenglashtiruvchi goli bekor qilindi. Gol kiritilishidan avval hujumda to‘pni qabul qilgan futbolchi ofsayd holatida bo‘lgan. Ekspert hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, ushbu vaziyat hakamlar tomonidan to‘g‘ri baholangan.
Shuningdek, 90+7-daqiqada “Bunyodkor” futbolchisi tomonidan kiritgan gol bekor qilingan. Ushbu vaziyatda gol kiritgan futbol to‘pni ofsayd holatida qabul qilgan. Ekspert hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, holat to‘g‘ri baholangan", - deyiladi O‘zFHM matbuoti xabarida.
Fikrlar