
Ektor Kuper bugun Superliganing qaysi o‘yiniga tashrif buyuradi?
Bugun Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” - “Navbahor” o‘yini o‘tkaziladi. Turning markaziy o‘yini deya atalayotgan qarama-qarshilikni kuzatish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham stadionga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis kecha Bekobodga bo‘lib o‘tgan “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvini ham kuzatgandi. Kuper tomosha qilgan o‘yinda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugun esa omad kimga kulib boqishini vaqt ko‘rsatadi.
Fikrlar