Ektor Kuper: Turkiya Frantsiyani yutgani bilan biz kuchli bo‘lib qolmaymiz

  • 10 iyun, 2019, 18:46
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Anjumanning ikkinchi qismida terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi.

Tecno

"Birinchi navbatda olimpiya terma jamoasini kechagi g‘alaba bilan tabriklayman. Ertangi o‘yinimiz JCh saralash uchrashuvlari oldidan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini bo‘ladi, sentyabrda esa saralash bahslari start oladi. Ertangi bahsga o‘ylab qo‘ygan rejalarimiz mavjud. Ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. Kichik o‘zgarish bo‘lishi mumkin, biroq bu kelgusi o‘yinlar uchun juda muhim. Shu bilan birga ertaga imkon qadar ko‘proq futbolchilarga imkon berishga harakat qilaman. Chunki, yangi futbolchilarni sinab ko‘rish uchun boshqa imkoniyat bo‘lmaydi. Futbolchilarning klubda chempionat bahslaridagi o‘yinlarini kuzatishimiz mumkin. Muxlislar ham ertaga bizdan natija kutadi. Yutish kerak, yangi futbolchilarni sinab ko‘rish kerak. Hammasi yaxshi bo‘ladi deb umid qilaman.  Raqibni hurmat qilamiz, lekin birinchi navbatda o‘z o‘yinimizga e’tibor beramiz.  

Biz optimist bo‘lishimiz kerak. Hozirgacha qilgan ishlarimizni ijobiy va salbiy jihatdan baho berishimiz mumkin. Birinchi o‘rinda natija emas. Biz g‘alaba qozonishimiz mumkin, lekin o‘yinimiz chiqmasligi mumkin. Saralash o‘yinlariga qadar o‘yin uslubimiz shakllangan bo‘ladi. 

To‘xtaxo‘jaev va Zoteev o‘ynamayapti? O‘ylab ko‘rish kerak. Ular oldingi yig‘inlarda ham ishtirok etishgan va ular haqida bilamiz. Yana bir bor ta’kidlayman, ertaga barcha futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Ideallikka erishish oson emas. Hozircha o‘ynamagan ikki darvozabon va ikki futbolchi qoldi. Ularga ham imkoniyat berishga harakat qilamiz.

Turkiya Frantsiyani mag‘lub etdi? Bu meni hursand qildi demagan bo‘lar edim. Biz kuchli jamoa bilan o‘ynadik va ikkita to‘pni standart vaziyatdan o‘tkazib yubordik. Turkiya faranglarni yutgani bilan biz kuchli bo‘lib qolmaymiz. O‘sha bahsni ko‘rdim va amin bo‘ldimki, biz turklar bilan yomon o‘ynamabmiz. Bunga ikki xil qarash mumkin. Salbiy ham, ijobiy ham.

Bugun bir inson bilan Sergeevning KXDRga kiritgan goli haqida gaplashdim. U darvozabonning qo‘pol xatosi tufayli gol kiritgani ta’kidlandi. Ammo Igor shunga intildi, harakat qildi. Boshqa futbolchi bo‘lganida, vaziyat boshqacha yakun topishi mumkin edi.

Futbolda juda ko‘p reja bo‘lmaydi. Terma jamoada A, B, S plan tuzish qiyin. Jamoa sifatida o‘z qiyofamiz bo‘lishi kerak. Ba’zi jamoalar bilan ehtiyotkor o‘ynashimiz kerak. Ammo raqibdan kelib chiqib o‘ynash lozim. Biz tarkibdan kelib chiqib, o‘zgarish qila olishimiz mumkin.

Futbolda doimo muammo bo‘ladi. Biz kelganimizda ham, unday keyin ham bo‘ladi. Biz aynan ularning echimini topishimiz kerak. Birgalikda ishlab bu muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Muammosiz ishlaydigan murabbiyga havasim keladi. Bizda ishlar yaxshi ketmoqda. Ammo biror futbolchi jarohat olsa muammo boshlanadi. Bunga tayyor turishimiz kerak. Yiqilgan taqdirimizda ham qayta turib keta olishimiz kerak. Mening falsafam mana shunday", - dedi argentinalik mutaxassis.

Shahzod Xolboev, SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
10/06/2019 21:02
Эртага уйинни кураолмайман такрорий сини қандай қилиб курсам булади иложи борми
Odil Kilichov
10/06/2019 21:01
Уйинчиларимиз жуда яхши уйин курсатиб келмоқда эртанги ўйинда ҳам ғалаба кутиб қоламиз, Эктор Куперга катта рахмат
runny network
10/06/2019 19:19
Maladets Super Bobo