EL. Ikki goli bekor qilingan "Zenit" musobaqani tark etdi

  • 25 fevral, 2022, 03:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Betis" - "Zenit" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 0:0 hisobi qayd etildi va ispanlar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuvda sankt peterburg ikki bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi, biroq hakamlar birinchi golda ofsayd qayd etdi, ikkinchisida esa "Zenit" o‘yinchisi Eroxinni qoida buzgani ma’lum bo‘ldi. 

Qayd etish lozim, mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk bahsda ruslar 2:3 hisobida o‘z maydonida mag‘lub bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!