"El-klasiko"ga hakam tayinlandi
Ispaniya La Ligasining 10-turidan o‘rin olgan "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi uchrashuvni Sesar Soto Grado boshqarib boradi. VAR tizimida esa Ignasio Iglesias Vilyanueva faoliyat yuritadi.
Grado avval ham faqat bir marta, 2024 yil 21 aprel kuni bo‘lib o‘tgan klasikoda hakamlik qilgan edi. O‘sha bahs 3:2 hisobida “Real”ning g‘alabasi bilan yakunlangan va madridliklar foydasiga penalti belgilangan.
U qirollik klubining 22 ta uchrashuvida bosh hakam sifatida ishlagan — natijada “Real” 14 marta g‘alaba qozongan, 6 marta durang qayd etgan va 2 marta mag‘lub bo‘lgan. Shu davr mobaynida u “qaymoqranglilar”ga 46 ta sariq va 4 ta qizil kartochka ko‘rsatgan, shuningdek ular foydasiga 6 ta, raqiblar darvozasiga esa 5 ta penalti belgilagan.
Soto “ko‘k-anorranglilar”ning 14 ta uchrashuvini boshqargan. Bu bahslarda “Barsa” 6 ta g‘alaba, 3 ta durang va 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Kataloniyaliklar 22 ta sariq va 2 ta qizil kartochka olgan, ular foydasiga 3 ta penalti belgilangan — raqiblariga ham shuncha.
Ma’lumot uchun, klasiko 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Fikrlar