Evropa ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bayer" - "Qorabog‘" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda leverkuzenliklar qiyinchilik bilan 3:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Zubir 58-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Junino farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Ta’kidlash lozim, hisobdagi farq ikkita bo‘lishidan sal avval mehmonlar futbolchisi Elvin qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Shundan so‘ng 72-daqiqada Frimpong "Bayer"ni o‘yinga qaytargan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 90+3 va 90+7-daqiqada kiritilgan gollar Xabi Alonso shogirdlariga chorak final yo‘llanmasini olib keldi.
Qayd etish lozim, mazkur klublar o‘rtasidagi ilk bellashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi.
Fikrlar