
El Yakvinta Xabib - Pore bahsida kimga muxlislik qiladi?
UFC engil vazn chempionlik kamariga sobiq nomzod El Yakvinta Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore qarama-qarshiligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘ylashimcha, Dastin g‘alaba uchun bor kuchini beradi, uning yurak urishi, boksga tushishi hamda kurashda yaxshi harakat qilishi unga katta yordam beradi
Biroq, men ushbu bellashuvda Xabib Nurmagomedovga muxlislik qilaman. Shuni aytishim lozimki, Pore faoliyati davomida bunday darajadagi raqibga qarshi jang qilmagan. Agarda Xabib birinchi raundda yoq uni bo‘g‘ish usuli bilan qiynay olsa g‘alaba unikidir, - dedi Yakvinta.
Eslatib o‘tamiz, Xabib Nurmagomedov joriy yilning 7 sentyabr kuni Abu-Dabida tashkillashtirilayotgan UFC 242 turnirida Dastin Porega qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar