Eldor Sakaev: "Yigitlar aybdor deb o'ylamayman, bu murabbiyning aybi"

  • 10.05.2026 01:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superligada qatoriga 11 turdan beri faqat mag‘lubiyatga uchrab kelayotgan "Mash’al" O‘zbekiston Kubogini ham mag‘lubiyat bilan boshladi. 1-tur doirasida pro liga vakili “Olimpik-MobiUz”ga qarshi bahsda 2:1 hisobi qayd etildi.

"Mash’al" matbuot xizmati o‘yindan keyin jamoa ustozi Ildar Sakaevning matbuot anjumanidagi fikrlarini havola qildi.

– O‘yin haqida fikringiz?

– O‘yin haqida nima deyishim mumkin... Yana mag‘lubiyatga uchradik – 1:3. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa... Men har doim aytaman: murabbiy yutqazadi. Barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman, bu mening aybim. Ikki haftadan beri ishlayapman, demak, bu mening kamchiligim, mening xatom. Nega unday bo‘ldi va hokazo – hammasiga faqat shunday qarayman. Yigitlar o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynashmoqda, demak, men ularni yetarlicha tayyorlay olmaganman. Bu mening aybim. Kimdir harakat qilmadi, deb aytish no‘rin. Yana qaytaman, ular qo‘llaridan kelganicha o‘ynashmoqda. Shu sababli men jamoani o‘yinga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan muvozanatni topa olmadim. Ikki hafta – bu men uddalay olmagan muddat."

– Natijadan kelib chiqib so‘ramoqchiman, hozir inqiroz holati kuzatilmoqda, g‘alabalar yo‘q, ketma-ket mag‘lubiyatlar qayd etilayapti. Umuman olganda, jamoa bu holatdan qanday chiqib ketishi mumkin? Yoki futbolchilarning ruhiyati allaqachon tushib bo‘lganmi? Xullas, jamoa bu inqirozdan qanday qutulishi mumkin?

– Inqiroz... Har qanday bosh berk ko‘chadan chiqish yo‘li bor, shunday emasmi? O‘shanda ham aytgandim: faqat zaiflargina taslim bo‘ladi. Oxirigacha kurashish, bu vaziyatdan chiqib ketish kerak. Boya kiyinish xonasida ham yigitlarga aytdim... Albatta, o‘zgarishlar kerak, ular bo‘lishi ham shart, lekin vaziyatdan o‘nglanishimiz lozim. Qanaqasiga taslim bo‘lamiz? Sport tamoyili qaerda qoldi? Oxirigacha kurashish kerak. Yana ta’kidlayman, bu murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topish zarur. Bu holatga o‘zimiz tushib qoldikmi, demak, chiqish yo‘lini ham o‘zimiz topishimiz kerak. Taslim bo‘lish mumkin emas.

– Xuddi jamoa hech kimga kerak bo‘lmay qolgandek...

– Yo‘q, nega unday deysiz? Unaka emas. Bu yerda hamma tuzatishi kerak bo‘lgan xato bor. Endi qo‘lni ko‘tarib taslim bo‘lish... Unday qilish mumkin emas. Ya’ni, oxirigacha harakat qilish kerak.

– O‘yin mobaynida raqibga nisbatan zarbalar ko‘rsatkichi kam bo‘ldi. Bunga asosiy sabab sifatida nimani ko‘rsatasiz? Raqib pressingda yaxshi o‘ynadimi yoki futbolchilarning mahorati yetishmadimi?

– O‘zingiz ko‘rdingiz, biz ularning pressingda o‘ynashini bilardik va buni tahlil qilgandik. Pressingdan qanday chiqib ketish kerakligini bilardik, o‘zimiz ham kontrpressing qilmoqchi edik. Bunday vaziyatlar ham bo‘ldi. Keyin esa xatolar... O‘yin oxirida umuman keraksiz gol o‘tkazib yubordik. Oxirida esa... albatta, zarba bo‘lmasa, qanaqasiga gol bo‘ladi? Hatto yarimtalik vaziyatlar ham bo‘ldi, lekin gol ura olmadik. Demak, men oxirigacha ishlamaganman. Faqat shunday. Yigitlar aybdor deb o‘ylamayman, bu murabbiyning aybi. Mening aybim. Demak, shunday.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!