
Eldor Shomurodov "Jenoa"ga transfer qilinayotganidan xabardormidi?
“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov “Nobel” YouTube kanaliga bergan intervyusida Italiyadagi faoliyati haqida gapirib o‘tdi.
- Sport bo‘yicha huquqshunos Mixail Prokopets sizni Genuya shahriga borish uchun yotoqdan turgizganini aytdi. Ya’ni, siz Italiyaga, Genuyaga transfer qilinayotganingizga ishonmadingizmi?
- Men muzokaralar olib borilayotganini eshitganman, lekin bu amalga oshadimi yoki yo‘qmi, bilmasdim. Kahhor tunda qo‘ng‘iroq qilib, hammasi yaxshi ketayotganini, faqatgina so‘nggi tafsilotlar qolganini aytdi. Men, albatta, bu gaplarga to‘liq ishonmadim, hayriyatki barchasi amalga oshdi. Men buni juda uzoq kutdim va u erga borishni juda xohladim.
- Aynan Italiyaga, Evropaga?
- Evropa. Ha.
Fikrlar