
Eldor Shomurodov qachon asosiy tarkibga kiradi? Hamyurtimizni Andrey Shevchenkoga qiyoslayotganlarga Xayrulla Hamidovdan javob
Oxirgi paytlarda Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga shubha bilan qaraydiganlar ko‘payib qoldi. Ya’ni, hujumchimiz maydonga tushmayotgani uchun ayrim insonlar Eldorning u erda o‘ynashiga hali erta edi, bekor kuchli chempionatga bordi, degan gaplarni aytmoqda. Bu borada mutaxassislarning fikrini bilish maqsadida taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovga yuzlandik. Sharhlovchi SPORTS.uz saytining “youtube”dagi sahifasida "Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi lozim?”, degan savolga javob berdi.
Eldor Shomurodov “Jenoa”ning asosiy tarkibiga kirishi uchun nima qilishi kerak? – Davron Fayzievdan javob
Bugun “Jenoa” o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?
– “Jenoa” Italiyada o‘rtamiyonadan pastroq jamoa. O‘tmishda yaxshi damlari kuzatilgan. Lekin hozirgi holatini u qadar maqtay olmayman. Biroq Eldor Shomurodov qaysi klubga borishidan qat’i nazar “Jenoa”mi, “Krotone”mi farqi yo‘q, u Italiya A Seriyasiga yo‘l olayotgani uchun olqishlardik. Uning genuyaliklar safidagi o‘yinlarini ko‘rdik. Hamyurtimiz juda yomon ham, yaxshi ham taassurot qildirmadi. Birinchi “Verona”ga qarshi qiyin o‘yin o‘tkazilganda, Eldor haqida bir narsa, deb bo‘lmaydi. Chunki u erda Shomurodov birinchidan hali jamoaning bog‘lamlarida qatnashmagani bilindi. Boshqalarga qaraganda, ancha jonini berib harakat qildi. Qolaversa, genuyaliklarning juda ko‘p futbolchilari koronavirusga chalinib, maydonga tusha olmayotgandi. Shuning uchun hozirdan xulosa chiqarmagan bo‘lardim. Lekin “Jenoa” Eldor Shomurodovning uslubiga juda mos tushadi, deya olmayman. Sababi u hujumkor klub emasligi bois, Eldor juda ko‘p “qora ishlar”ni qilishga majbur bo‘lyapti. Tayanch hududga o‘tib, to‘pni olishga intilmoqda va birinchi mavsumini Italiya A Seriyasida o‘tkazayotgan futbolchi uchun bu og‘ir.
Hamyurtimizni Andrey Shevchenko bilan qiyoslashyapti. Ukrainalik forvard “Milan”ga borgan! O‘sha paytdagi “Milan” hozirgisidan ancha qo‘rqinchli edi. Tabiiyki, hujumkorlik talab qilingan payti Shevchenko bor iqtidorini namoyish eta olgan. Hozir esa, Eldor Shomurodov yaxshi hislatlarini ko‘rsatishiga imkon berishmayapti. Boz ustiga u jarohatlandi, bir qator turlarni o‘tkazib yubordi...
Ahvoli yomonlashgan "Jenoa" bugun vaziyatni biroz bo‘lsa ham o‘nglay oladimi? Buning uchun Shomurodov jamoasida imkoniyat bor
Eldor Shomurodov faoliyat yuritayotgan "Jenoa"ning keyingi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi (Foto)
Hamyurtimiz jamoasining asosiy tarkibiga kirishi uchun biroz vaqt kerak. Chunki birdaniga asosiy tarkibga kirdi, ko‘rdi, qiyin ahvolga tushib qolishini bildi. Yaxshisi, ba’zi uchrashuvlarda ikkinchi taymda maydonga tushib, raqib charchagan payti imkoniyat izlashi kerakmi?! Hozirdan shoshilmaslik kerak, deb o‘ylayman. Chunki “Jenoa” Eldor Shomurodovning xususiyatlarini yuz foiz ochib beradigan klub emasligi oydinlashdi. Ammo unga omad!
Mavsum oxirigacha ancha vaqt bor. Pandev bilan yaxshi sherik bo‘layotganligini ko‘rdikku, biroq uning raqobatchilari ham paydo bo‘ldi. Raqobatchilarning borligi Eldor Shomurodovning o‘sishiga xizmat qiladi. Umid qilamanki, hamyurtimiz mana shu yilning oxirigacha asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanadi, - dedi Xayrulla Hamidov.
Fikrlar