Eldor Shomurodov: "Rostov" o‘z maydonida faqat g‘alaba qozonishi kerak

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Men natijadan umuman qoniqmadim. Bugun stadionga ko‘plab muxlislar tashrif buyurdi. O‘z maydonimizda g‘alaba qozonishimiz kerak. Barcha jamoalarda bo‘lgani singari "Rostov"da ham pasayish kuzatildi. O‘ylashimcha, keying bahslarda bundanda kuchli o‘ynaymiz.

"Rostov"da evrokuboklarda ishtirok etish uchun imkoniyat saqlanib turibdi. Chempionat orqali bunga erishish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari biz Rossiya kubogini ham qo‘lga kiritishimiz mumkin", - deb Shomurodovning so‘zlarini keltirib o‘tdi Championat.com internet nashri.

Ma’lumot uchun, "Rostov" ortda qolgan 27 turdan so‘ng 37 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!