Eldor Suyunov "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyat sababi haqida: Jizzaxdagi maydonda sifatli futbol o‘ynab bo‘lmaydi, chunki maydon tekis emas va tez harakatlanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun ataylab maydonga suv sepishmadi

  • 21 iyun, 2020, 09:14
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bunyodkor" bilan bellashuvdan keyin o‘yin davomida bir necha bor "Paxtakor" jamoasini goldan qutqargan Eldor Suyunov bahs to‘g‘risida fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- Jizzaxdagi mag‘lubiyatda birinchi navbatda o‘zimiz aybdormiz va undan to‘g‘ri xulosa chiqardik. Lekin bir narsani aytib o‘tishim kerak: tez va tomoshabop futbol o‘ynash uchun tekis, yaxshi futbol maydoni bo‘lishi zarur. Jizzaxdagi maydonda esa sifatli futbol o‘ynab bo‘lmaydi, chunki maydon tekis emas va tez o‘ynashga yo‘l qo‘ymaslik uchun ataylab maydonga suv sepishmadi.

"Bunyodkor" bilan uchrashuvda barcha jamoadoshlarim maydonda o‘z ishlarini a’lo darajada bajarishdi va ajoyib g‘alabaga erishdik. Karantindan keyingi birinchi o‘yinimda maydonga tushganim bois o‘yin sur’atiga tez kirishib ketishim kerak edi. Menimcha, hammasi birinchi o‘yin uchun yaxshi kechdi.

Bellashuvdan avval barcha jamoalar singari raqibni chuqur o‘rganib chiqamiz. Jamoani qutqargan vaziyatlarga kelsak, o‘sha holatlarda omadim keldi va quruq o‘yin o‘tkazdim. Keyingi o‘yinlarda ham shu ruhda davom etishga intilamiz. Muxlislarni g‘alabalar bilan televidenie orqali bo‘lsa ham xursand qilishga urinamiz, - dedi Suyunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
21/06/2020 09:19
Дарвозангни 3 метир килиб берсинми Шунда сифатли булади
Гайрат Шихов
21/06/2020 09:34
Элдор ютказиб кейин бохона излаш яхши эмас,
Расулжон Тоштемиров
21/06/2020 11:44
Элдор Суюунов эркак бул Тан бериш керак ютказганига бахона излама
&
Насаф
21/06/2020 11:23
Ёёёздаааа футбол уйнамаларинг иссик, кузда хамма ёк барг буп кетади, кишда футбол уйнамаларинг совуууук, бахорда адашиб футбол уйнаб куймаларинг чунки ёмгир куп ёгади.
Muhammad Rahmatillaev
21/06/2020 10:15
Сўғдиёна хам бир хил шароитда футбол ўйнади бахонани қаранг агар европада футбол ўйнаб юрган ўйинчи шу гапни айтса хафа бўлмасдик чунки европада барча майдон юқори сифатли Ўзбекистонда фарқ катта эмаску.
SHAXBOZ BEKMURODOV
21/06/2020 13:25
Eldor kazyol pul uchun qayeringniyam berib yubording Nasafdan ketib Nasafni asosiy raqiblariga borib qo‘shilding ayal kutsan endi gapingni qara, musir bila
Javlon Abdullaev
21/06/2020 09:54
Osroq kutga arpa un boxona