Elnur Abduraimovning jangi bo‘lmaydi. Bunga nima sabab bo‘ldi?

  • 12.02.2021 21:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Professional boksning engil vazn toifasida (61kg) janglar o‘tkazib kelayotgan Elnur Abduraimov (6-0, 6KO) o‘zining navbatdagi jangini 13 fevral kuni kolumbiyalik Deivi Xulioga (21-9, 13KO) qarshi o‘tkazishi kerak edi. Ammo bizga ma’lum bo‘lishicha, uning raqibi belgilangan muddatda komissiya tasdig‘idan o‘ta olmagani sababli jang bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 14 fevral tongida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida Bektemir Meliqo‘ziev Morgan Fitchga qarshi ringga ko‘tariladi. Elnur ishtirokidagi jang ham aynan mana shu boks oqshomida o‘tkazilishi belgilangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!