
Elyor Orifov: "So‘g‘diyona" medallar uchun kurashmoqda
Superliga 23-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin mezmonlar himoyachisi Elyor Orifov matbuot anjumanida qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Bugungi o‘yinning ahamiyati juda katta edi. Ko‘rib turibsiz jamoamiz medallar uchun harakat qilyapti. Qo‘ldan kelgancha g‘alaba qozonishga intildik va buni uddaladik. Birinchi o‘rinda qullab quvvatlashganliklari uchun muxlislarimizga minnadorchilik bildiramiz. Barcha jamoadoshlarimni tabriklayman. Bu g‘alaba butun Jizzax xalqini. Hudo hohlasa keyingi o‘yinlarda ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
Oldinda uchta tur qoldi. "Surxon", "Nasaf" va "Bunyodkor" jamoalari bilan kuch sinashamiz. Turnir jadvalida ham juda bir qiyin vaziyat, murabbiyimiz ta’kidlanganidek maksimal darajada harakat qilamiz, - dedi Elyor Orifov.
Fikrlar