Emiliano Martines APLning yetakchi klubiga o‘tishi mumkin
«Aston Villa» va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Football Insider nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Tottenxem» darvozabon Gulyelmo Vikarioning «Yuventus»ga sotilishi bo‘yicha kelishuvga erishgach, uning o‘rniga 33 yoshli Martinesni olib kelish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ta'kidlanishicha, «Aston Villa» o‘z posbonini qo‘yib yuborishga tayyor, chunki jamoa yaqinda birinchi raqamli darvozabon sifatida Dzion Sudzuki bilan shartnoma imzolagan.
O‘tgan mavsumda Martines barcha musobaqalarni hisobga olganda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
«Aston Villa» bilan darvozabonning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari Martinesning transfer qiymatini 12 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar