Endi Frantsiya uchun o‘ynamayman!

  • 15 iyul, 2024, 23:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining tajribali hujumchisi Olive Jiru xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

- Boshqa sahifani ochish vaqti keldi. Men yangi sarguzashtlarga yo‘l ochdim. Bundan buyon men Frantsiya terma jamoasining birinchi raqamli muxlisiga aylanaman.

Men 13 yil davomida xizmat qilgan Frantsiya terma jamoasi doimo qalbimda qoladi. Bu jamoa mening eng katta faxrim va men uchun ajoyib xotira bo‘lib qolaveradi, - dedi Olive Jiru.

37 yoshli to‘purar Frantsiya terma jamoasida 2011 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. Shu paytga qadar Jiru bosh jamoada jami 137 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 57 ta gol va 15 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Olive Jiru terma jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida darvozabon Ugo Loris va himoyachi Lilian Tyuramdan keyin uchinchi o‘rinda qayd edilgan. Gol urish bo‘yicha Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.

Olive Jiru 2018 yili jahon chempionatida g‘olib chiqqan bo‘lsa, to‘rt yildan keyin mundialning kumush medali bilan taqdirlangan. 2016 yilgi Evropa chempionatida ham vitse-chempion bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!