
Endi Kumanga hech kim ishonmaydi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman oxirgi uchrashuvdan so‘ng, Kataloniya klubini boshqarish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi, deb xabar bermoqda jurnalist Xavi Migel.
Manbaga ko‘ra, jamoaning etakchi futbolchilari niderlandiyalik mutaxassisni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan. Ularning Kumanga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan.
Ta’kidlanishicha, Kuman "Atletiko"ga qarshi o‘yinda o‘tkazib yuborilgan birinchi golda Niko Gonsalesni ochiqchasiga ayblagani hech kimga yoqmagan. Yosh yarim himoyachi birinchi bo‘limdan keyinoq zaxiraga olingandan so‘ng, tushkunlikka tushgan va murabbiyning e’tirozlari uni yanada qattiqroq ranjitgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” kecha Madridda “Atletiko”ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kataloniyaliklar La Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar