Endi “Liverpul”dan ketmasam bo‘lmas!

  • 06.05.2026 17:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” hujumkor futbolchisi Federico Kyeza mavsum yakunlangandan so‘ng ingliz klubini tark etish niyatida.

Calciomercato nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi jamoadagi holatidan norozi va Italiyaga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, transfer amalga oshishi uchun Kyeza hozirgi kunda yiliga taxminan 6–6,5 million yevroni tashkil etayotgan maoshini kamaytirishga tayyor.

Kyeza 2024 yil yozida “Yuventus”dan “Liverpul”ga 10 million funt evaziga o‘tgan va muvaffaqiyatli xarid, deb baholangan.

Biroq jarohatlar va kuchli raqobat sabab u asosiy tarkibda o‘rnashib qoda olmadi va jami 48 ta o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi hamda beshta golli uzatma berdi.

Joriy mavsumda u Premier-ligada faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O‘yinchining shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!