
Endi Ruis Joshuaga o‘ziga hos sovg‘a tayyorlamoqda
WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Endi Ruis britaniyalik Entoni Joshua bilan bo‘ladigan javob uchrashuvi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men ringdan tashqarida Entonini juda xurmat qilaman. U yaxshi inson. Ammo ringda bizning o‘rtamizda do‘stlik va xurmat yo‘q. U bilan navbatdagi jang oson bo‘lmaydi.
Joshua taklif qilgan barcha narsaga tayyormiz. Men revanshga birinchi jangga qaraganda ko‘proq tayyor bo‘laman. Yanada, tezroq va kuchliroq bo‘laman deb o‘ylayman.
Joshuaning jamoasi avvaldan g‘alaba qozonishlariga ishonmoqda. Ko‘pchilikning fikri ham shunday. Biroq g‘alaba qozonishimga va ularning og‘zini yopishga ishonaman "- dedi Ruis.
Ruis va Joshua o‘rtasidagi revansh 7 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar