Endi Superliganing parallel vaqtda boshlanadigan o‘yinlari ham jonli efirda ko‘rsatiladi

  • 24 may, 2019, 18:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi sahifasida Superliga uchrashuvlari translyatsiyasi masalasida yangilik bo‘lganini ma’lum qildi.

Tecno

"Hozirgina "Mahalla" hamda "Sport" telekanali bosh direktorlari bilan suhbatlashdik. Rejaga ko‘ra, FIFA kunlaridan keyin start oluvchi Superliganing 11-tur o‘yinlaridan boshlab, parallel start oladigan o‘yinlarning bittasi "Mahalla" kanalida efirga uzatilishga yaqin.

Bu holat o‘yinlar vaqtini belgilashda va futbolchilarning issiq havoga qolib ketmasliklarida O‘zPFL hamda futbol klublari uchun qulaylik tug‘diradi. Vaziyatni to‘g‘ri tushungan MTRK rahbariyati, shuningdek, "Mahalla" hamda "Sport" telekanali rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", - deydi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Asadbek
24/05/2019 18:48
Ajoyib va kutilgan yangilik
&
Akbar Ali
24/05/2019 18:44
Zor bo'libti. O'yinlarni endi kechki vaqtda koproq qo'yilsa yaxwi bo'ladi.
Абдусамат Жураев
24/05/2019 21:33
Уринбосарлар нима булди
Abdurasul Pirxonov
24/05/2019 20:44
Манбу кескин бурилиш диса булади
Ahror Nodir
24/05/2019 18:57
Гап йук. Олдиндан рахмат
Владислав Хан
24/05/2019 18:50
Умид Ахмаджоновга рахмат. Биз муҳлисларни ўйлаб қилиняпган ишларига.
&
Chelsea_buxara
24/05/2019 18:50
Hakamlarga ham insof berar endi yo paxtakor yetarlicha Lokodan ilgarilab ketdimi