
Endi ular kerak emas! Luis Enrike ikki yulduzni PSJdan ketkazadi
PSJ rahbariyati bosh murabbiy Luis Enrike foydalanmayotgan ikki qimmatbaho futbolchi bilan xayrlashishni ma’qul ko‘rdi.
Hujumchi Randal Kolo-Muani va Milan Shkrinyar ispaniyalik bosh murabbiy ishonchini oqlay olmayapti. Aslida har ikki futbolchi 2023 yilning yozida katta umidlar bilan olib kelingan edi.
Biroq jamoa boshqaruvi Luis Enrike qo‘liga o‘tganidan keyin ularning ishi yurishmay qoldi. “Aytraxt”dan 95 million evroga transfer qilingan Randal Kolo Muani joriy mavsumda 14 ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa-da, maydonda jami 453 daqiqa harakat qildi va ikkita gol urdi.
O‘z davrida narxi 65 million evrogacha baholangan Milan Shkrinyar esa, beshta bellashuvda 381 daqiqa o‘ynadi xolos.
Parij klubi bu o‘yinchilarni yanvar oyida sotib yuborishni mo‘ljallayapti. Ularning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar