
Endi ular kerak emas: “Real”da katta tozalash bo‘ladi
“Real” rahbariyati joriy mavsum yakunlanishi bilan tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mutasaddilari asosiy tarkib o‘yinchilaridan kamida besh nafari bilan xayrlashmoqchi. Ularni o‘rniga to‘rtta yangi ijrochi taklif etiladi.
“Qirollik klubi”ni birinchi bo‘lib tark etadigan o‘yinchilar aniq. Bular ikki himoyachi – Lukas Vaskes va Xesus Valexo.
39 yoshli Luka Modrich maoshi keskin pasaytirilgan shartnomani imzolasa, kluda qolishi mumkin. Unga asosiy zaxira o‘yinchisi sifatida e’tibor qaratilmoqda.
Klub rahbariyati eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan David Alabadan ham tezroq qutilmoqchi. Avstriyalik himoyachi keyingi paytda juda ko‘p jarohat olmoqda va yuqori sport formasini tiklay olmayapti.
Shuningdek, madridliklar Fran Garsiya va Ferlan Mendi bo‘yicha takliflarni o‘rganib chiqishga tayyor.
Jamoaga Kilian Mbappe kelganidan keyin ikkinchi planga o‘tib qolgan braziliyalik Rodrigo Goes bo‘yicha yaxshi taklif tushsa, klub uning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Fikrlar