"Endigi faoliyatim faqat "Bunyodkor" bilan bog‘liq bo‘ladi". Klubda ish boshlagan bosh direktor o‘rinbosarining rejalari qanday?

  • 6 sentabr, 2023, 14:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha xabar berib o‘tganimizdek, “Bunyodkor” klubi bosh direktori o‘rinbosari sifatida 35 yoshli Zokirjon Holiqov ish boshladi. U yangi rejalari bilan ishga kirishdi, desak bo‘ladi.

Tecno

Boisi, Holiqov Ispaniyada o‘zining futbol bilimini oshirib keldi va yangidan-yangi rivojlanish dasturlariga ega. Shu sababli “Bunyodkor”ning yanada rivojlanishida ijobiy ma’noda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Sports.uz jurnalisti uning rejalari bilan qiziqdi.

- “Bunyodkor”da ish boshlaganingiz bilan tabriklayman. Bu taklif qanday sodir bo‘ldi?

- Savolingizga keladigan bo‘lsak, klubni va futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihamni “Bunyodkor” hamda “O‘zbekneftgaz” rahbariyatiga taqdim qildim. Natijada loyiham rahbariyatga ma’qul keldi. Shundan so‘ng meni ishga olishdi.

- Bu erda oldingizga qanday vazifalar qo‘yilgan? “Bunyodkor”dagi rejalaringiz nimalardan iborat?

- “Bunyodkor”dagi mening asosiy maqsadim o‘sha loyiham bo‘yicha birinchi navbatda “Bunyodkor” akademiyasini yuksaltirishga o‘z hissamni qo‘shish, klubni har jihatdan rivojlantirishga yordamlashish hamda klubning tashqi aloqalarini ham jadallashtirish, bu degani imkon qadar akademiyadan iste’dodli futbolchilarni tayyorlab xorij klublariga transfer qilish ham vazifalarimiz qatorida.

xolikov1

- Bilamizki, safarlarda ko‘p bo‘lasiz va yana boshqa ishlar degandek. Endi butun e’tiboringizni “Bunyodkor”ga qaratasizmi va oldingi ish jarayonlaringiz bilan solishtirganda bu erdagisi nimasi bilan farq qiladi?

- Endigi faoliyatim faqat “Bunyodkor” bilan bog‘liq bo‘ladi. Asosiy e’tiborimni ushbu jamoaga qaratganman. Oldingi ishlagan joylarimdan farqli ravishda bu erda vakolatlarim ko‘proq. Avvallari klub akademiyasi yoki asosiy jamoasida faoliyat yuritgan bo‘lsam, endigi faoliyatim klub akademiyasi va klubning asosiy jamoasi bilan ham bevosita bog‘liq.

- Chetdan futbolimizni kuzatgan mutaxassis sifatida O‘zbekiston chempionati darajasini qanday baholayapsiz?

- Superligamizda yildan-yilga klublar o‘rtasidagi raqobat kuchayib bormoqda. Bu albatta yaxshi tomonga. Raqobat bor joyda o‘sish bo‘ladi. Klublarimizning Osiyo Chempionlar ligasida 4 ta joyga ega bo‘lganligi ham jamoalarimizda o‘sish borligini tasdiqlab turibdi. Shuning uchun fikrim ijobiy ma’noda.

xolikov2

- Oldingizda yana boshqa takliflar ham bormidi?

- Viloyat klublaridan ham takliflar bor edi. Lekin Toshkentda yashaganligim va yashash joyim ham “Bunyodkor”ga yaqin bo‘lganligi uchun oilaviy sharoitdan kelib chiqqan holda menga ushbu klubning taklifi ko‘proq ma’qul bo‘ldi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алим Ахмедов
08/09/2023 00:49
Соккани кил Соккани
&
Абдигани
07/09/2023 11:10
Сувсиз жойга дехкончилик килмай Насаф ФК академиясига келсангиз яхши буларди.