Endrik hujumkor jamoaga o‘tmoqchi

  • 24 oktabr, 22:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchi Endrikni qishki transferlar bozorida ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Tecno

"ESPN" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, "qirollik klubi" uni Evropaning top jamoalaridan biriga ijaraga berishni reja qilgan. Endrikning o‘zi ham top-5 ligalardan biriga yoki Portugaliyaning evrokuboklarda ishtirok etuvchi jamoalaridan biriga o‘tishni istayapti. Bu ish Endrik uchun ham Jahon chempionati oldidan tezroq sport formasini tiklab olishiga yordam beradi. 

Braziliyalik forvard himoyaga emas, hujumga ko‘proq e’tibor qaratadigan jamoa safiga borib qo‘shilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli hujumchi joriy mavsumda birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!