
Endrik: "Neymar aqlbovarqilmas futbolchi"
Endrik Neymar uni qanday ilhomlantirgani haqida gapirdi.
- Neymar Los-Anjelesda ekanligini va Braziliya terma jamoasining "Kopa Amerika"dagi ilk o‘yinida maydonda bo‘lishi mumkinligini aytdi. U bilan uchrashib, undan maslaxat olishdan mamnun bo‘lasizmi?
- Neymar aqlbovarqilmas futbolchi. Bir kuni qiziq holat bo‘ldi. O‘shanda men Markinos bilan birga edim va u Neymar bilan telefonda gaplashdi. Men Neymar bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldim. Uni "Santos", "Barselona" va hozir "Al-Hilol"da o‘ynaganini ko‘rganman.Neymar fenomenal yigit. U meni ilhomlantiradi, ajoyib mahoratga ega o‘yinchi"
"Umid qilamanki, Neymar bilan terma jamoada uchrashib, su’ratga tushishini so‘rayman, maslahat olaman, chunki u hayotida ko‘p narsalarni boshidan kechirgan. Shu bilan birga u juda kuchli psixologiyaga ega inson," - dedi "Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Endrik.
Fikrlar