
Endrikning tanishtiruv marosimi qachon bo‘ladi?
Xabaringiz bor, "Real" 48 milllion evro evaziga (bonuslari ham bor) "Palmeyras"dan Endrikni sotib olgandi. Futbolchi ushbu yozda jamoa tarkibiga kelib qo‘shiladi. Uning tanishtiruv marosimi esa qachon bo‘lib o‘tishi aniq bo‘ldi.
"EPSN Brasil" nashri xabar berishicha, Endrikning taqdimoti 26 iyulga rejalashtirilgan. O‘sha kuni "qaymoqranglilar" mavsumoldi turneda ishtirok etayotgan bo‘ladi va futbolchi ham Kopadan so‘ng AQShda bo‘ladi.
Braziliyalik strayker "Real"ning barcha o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etish imkoniyatga ega. Jamoani oldinda "Milan", "Barselona" va "Chelsi"ga qarshi bahslar kutib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 17 yoshli hujumchi Braziliya bilan Kopada ishtirok etmoqda. U allaqachon terma jamoada debyut golini urgan, lekin yirik turnirlardagi ilk golini urishga hali imkon bo‘lgani yo‘q.
Fikrlar