
Eng ko‘p muxlis vodiy derbisida. Qolgan markaziy o‘yinlar esa ishqibozlar tashrifi bilan maqtana olmaydi
17-18 avgust kunlari Superliganing 17-turi o‘tkazildi. SPORTS.uz sayti an’anasiga sodiq holda tur muxlislarini taqdim etadi.
Tur o‘yinlariga jami 34875 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 4982ni tashkil qiladi.
Eng ko‘p muxlis Andijondagi “Andijon” – “Navbahor” bellashuvida qayd etildi - 10322.
Eng kam ishqibozlar Toshkent shahrida. “Bunyodkor” – “Metallurg” bahsini 2162 ishqiboz bevosita o‘yingohdan tomosha qildi.
Avvalgi turda Jizzaxda ishqibozlar soni ortib borayotganini ma’lum qilgandik. Bu safar esa Navoiyda ham tomoshabinlar avvalgilarga nisbatan ko‘proqni tashkil etadi. “Qizilqum” – “Dinamo” bahsini ko‘rish uchun stadionga 5500 odam kelgan.
SPORTS.uz talqini bo‘yicha Superliga 17-tur ramziy terma jamoasi (Foto)
Quyida 17-turda eng ko‘p muxlislar tashrif buyurgan o‘yinlar ketma-ketligi bilan tanishishingiz mumkin:
“Andijon” – “Navbahor” 0:1. 10322 tomoshabin
“Buxoro” – “So‘g‘diyona” 1:1. 5561 tomoshabin
“Qizilqum” – “Dinamo” 2:1. 5500 tomoshabin
AGMK – “Paxtakor” 0:3. 4360 tomoshabin
“Qo‘qon-1912” – “Surxon” 2:1. 3750 tomoshabin
“Lokomotiv” – “Nasaf” 1:0. 3220 tomoshabin
“Bunyodkor” – “Metallurg” 1:0. 2162 tomoshabin
Fikrlar
Сунгги пайтларда Тошкент клублари учрашувларида мухлислар ташрифи кескин камайиб кетиши туфайли бу мавзу тапа-так ёпилди.
Спортс.уз га рахмат барча клубларга бир хил этибор бериб холис ма'лумот беришдан чарчаманглар.
СА сайти афсуски факат Пойтахт клублари у/н ...............
АФСУС.
Куриклаш хизмати ходимлари мухлисларни но тугри чикаришди. Сайта утирволиб сукинмасдан инсониликни йукотмайлик.