Eng tomoshabinbop futbol jamoalari e'lon qilindi

  • 24.04.2026 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

ESPN telekanali tahlilchilari eng tomoshabinbop futbol jamoalari reytingini taqdim etdi. Reytingda birinchi o‘rinni Myunxenning "Bavariya" va Kataloniyaning "Barselona" jamoalari bo‘lishdi. Ikkala klub ham 9,6 ball oldi.

E’lon qilingan ro‘yxatda keyingi o‘rinni 9,5 ochko bilan "Real Madrid" egalladi. Shuningdek, PSJ, "RB Leyptsig", "Lans", "Manchester Yunayted", "Monako", "Inter" va "Yuventus" jamoalari ham kuchli o‘ntalikka kirdi.

Qayd etilishicha, reyting top jamoalarga qarshi o‘yin natijadorligi, himoyadagi o‘yin shiddati, uzatmalarning vertikalligi va o‘yin sifatini hisobga oluvchi algoritm asosida shakllantirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!