
Eng zo‘ri – Ronaldu, Messi esa...
Taniqli jurnalist Pirs Morgan barcha zamonlarning eng zo‘r futbolchilarini tanlash jarayonida birinchi o‘ringa Krishtianu Ronalduni qo‘ydi.
- Krishtianu Ronaldu futbol tarixida eng zo‘ri, deb o‘ylayman. Diego Maradona ikkinchi o‘rinda. Lionel Messi uchinchi. Lekin Ronaldoning borligini inobatga olsak, balki Leo to‘rtinchi qatordadir, - deb yozdi Pirs Morgan.
Pir Morgan tanlagan futbolchilar orasida Diego Maradona va Ronaldo jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Lionel Messi bir marta jahon chempionati finalida to‘p tepgan va bu ishni Qatardagi mundialda ham takrorlaydi.
Krishtianu Ronaldu esa uzoq yillik faoliyati davomida biror marotaba jahon chempionligiga da’vogarlik qila olmagan.
Fikrlar