
Eng zo‘rigacha 32 ta gol. Ronaldu dunyoning eng yaxshi to‘purariga aylanishi mumkin
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya 36-turida "Sampdoriya" darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 735 taga etkazib olib, to‘purarlar reytingida Romarioni (734) quvib o‘tdi.
Ushbu statistika bo‘yicha birinchi o‘rinni Pele egallab turibdi. Uning hisobida 767 ta gol mavjud.
Jahonning eng yaxshi to‘purarlari reytingi:
1. Pele 767
2. Krishtianu Ronaldu 735
3. Romario 734
4. Gerd Myuller 720
5. Lionel Messi 716
6. Farents Pushkash 706
7. Yozef Bitsan 636
8. Eysebio 615
9. Ferents Deak 558
10. Artur Fridenrayx 554
11. Zlatan Ibragimovich 542
12. Ziko 525
13. Alfredo Di Stefano 516.
Fikrlar