
Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi
Poytaxtimizda akademik litsey, kollej va maktablarda taxsil oluvchi o‘quvchilar uchun engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa g‘oliblarga oliy o‘quv yurtiga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli edi. Bellashuvlar doirasida sportchilarning ayrimlari sport ustasi normativini bajarishga ham muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. E’tiboringizga g‘oliblar ro‘yxatini havola qilamiz:
100 metr, to‘siqlar osha: Xurshidabonu Xollieva (Surxondaryo) – 14.67
110 metr, to‘siqlar osha: Rahmonjon Itolmasov (Qashqadaryo) – 14.81
400 metr, qizlar: Fotima Boboqulova (Navoiy) – 56.14
400 metr, yigitlar: Bobur Karimboev (Xorazm) – 49.35
100 metr, qizlar: Viktoriya Levina (Toshkent) – 12.66
100 metr, yigitlar: Shohruh O‘tkirov (Samarqand) – 11.34
1500 metr, qizlar: Veronika Grishina (Surxondaryo) – 4:37.28
1500 metr, yigitlar: Viktor Tsurenko (Sirdaryo) – 4:07.88
10000 metr, qizlar: Azizaxon Mirzakbarova (Andijon) – 35:03.83
10000 metr, yigitlar: Oybek Mamatqulov (Andijon) – 32:35.82
Fikrlar