Yengil atletikachimiz Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi

  • 04.05.2026 12:49
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida engil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi. 

Oltin medalni nayza uloqtirish dasturida Sarvar Ismoilov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 77.39 metr natija qayd etdi. Shu bilan birga, Ismoilov o‘zining shaxsiy rekordini ham yangiladi.

Qolaversa, bosqon uloqtirish sektorida Ayubxon Fayozov 71.33 metr bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!