Engilmas bokschimiz navbatdagi raqibini kutmoqda

  • 05.04.2019 13:45
  • 0
  • Boks

Bu safar unga amerikalik Kelvin Metkalf (9-1-1) raqiblik qiladi. Ma’lumot uchun, 24 yoshli Metkalf profi boksdagi debyutini 2016 yilda Joel Bleyrga qarshi o‘tkazgan va g‘alaba qozongan.

Umumiy hisobda 11 bor ringga ko‘tarilgan Metkalf 9 jangni o‘z foydasiga hal etgan. 2017 yil Konor Koylga qarshi bahsda esa ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi jangida esa durang natija qayd etgan.

Xurshidbek Normatov esa profi boksda 7 ta jang o‘tkazib ularning barchasida zafar quchgan. Eslatib o‘tamiz, Nyu-York shahrida kechadigan mazkur boks kechasida Bahodir Jalolov ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!