Enrike: "PSJ – bu jamoaviy ruh. Dembele bo‘lmasa ham kurashamiz"

  • 30 aprel, 16:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi yarim finali doirasida "Arsenal"ga qarshi o‘yindan (1:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Biz har kuni xarakterimizni namoyon qilyapmiz. Buni PSJda ko‘rish juda yoqimli. Juda ehtirosli bellashuv bo‘ldi. Bunday ajoyib atmosferada o‘ynash qiyin. 

– Uchrashuv boshidagi gol bizga ishonch bag‘ishladi. Endi esa o‘yin nazorati haqida o‘ylashimiz kerak. Javob uchrashuvi o‘z muxlislarimiz qarshisida bo‘ladi, biz unga to‘liq tayyor bo‘lamiz.

– Dembelega kelsak, u javob uchrashuvida o‘ynaydimi-yo‘qmi – hozircha noma’lum. Albatta, uning qaytishi yaxshi bo‘ladi. Ammo u bo‘lmasa ham, maydonda boshqa jamoani ko‘rasiz – biz chin ma’noda jamoamiz.- deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!