
Entso Mareska futbolchilarga qiyin bo‘layotgan taqvim haqida gapirdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska joriy mavsumda jamoalar juda ko‘p o‘yin o‘tkazayotganini tanqid qildi.
O‘yinlar soni haqida:
"Menimcha, bu normal holat emas, to‘g‘ri ham emas. Ha, odamlar futbolchilarni ko‘p pul topishadi deb o‘ylashadi. Lekin gap pulda emas – futbolchilarni himoya qilish kerak".
Kelasi mavsum uchun futbolchilarning charchoq holati haqida:
"Men hozir kelasi mavsum haqida emas, oldinda turgan ikki o‘yin haqida o‘ylayapman. Lekin albatta, shunday xavf bor: futbolchilar charchashi yoki jarohat olishi mumkin. Shunda qanday chora ko‘rish kerakligini ko‘ramiz".
Futbolchilarga etarlicha e’tibor qaratilmayotgani haqida:
"Futbolchilarning holati hech kimni qiziqtirmaydi. Agar ular charchashsa, shunchaki o‘ynashmaydi. Bu bilan qanday kurashish kerak? Ana shunday qilib.
Menimcha, futbolchilarga etarli e’tibor berilmayapti. Ular o‘ynayotgan o‘yinlar soni mutlaqo normal emas" – deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, londonliklar APLning so‘nggi turida 25 may kuni "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga tushsa, oradan 3 kun o‘tib "Betis"ga qarshi Konferentsiyalar ligasi finalida ishtirok etadi.
Fikrlar