
Eplasang ishla! Peres “Valensiya”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Anchelottiga shart qo‘ydi
Ispaniya chempionatning 30-turida “Real” futbolchilari o‘z maydonida muxlislari ko‘z o‘ngida kutilmaganda “Valensiya”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Bu mag‘lubiyat klub xo‘jayini Florentino Peresning g‘azabini keltirdi. Klubda bosh murabbiy Karlo Anchelottiga bosim kuchayib bormoqda. Garchi jamoa Ispaniya kubogi finaliga chiqqan va Evropa Chempionlar ligasida yurishini davom ettirayotgan bo‘lsa-da, rahbariyatga jamoaning o‘yin uslubi yoqmayapti.
Vaziyatdan kelib chiqqan holda Florentino Peres o‘z pozitsiyasini aniq qilib ko‘rsatib berdi. Unga ko‘ra, Karlo Anchelotti yo‘lga qo‘ygan o‘yin uslubi, uning dinamikasi “Qirollik klubi” mutasaddilarini umaman qoniqtirmaydi.
Peres oldindagi bir necha hafta davomida Anchelottidan jamoaning o‘yin taktikasi va dinamikasini o‘zgartirishni talab qildi. Italiyalik mutaxassisning klubdagi kelajagi aynan mana shu kriteriyalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Fikrlar