
Erik Bayi: Jarohatdan so‘ng maydonga qaytish oson bo‘lmaydi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Erik Bayi APL 26-turi doirasida "Chelsi" bilan bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Uzoq vaqtdan so‘ng maydonga qaytish oson bo‘lmaydi, ammo yana maydonda ekanligimdan xursandman.
O‘z ustimda tinimsiz ishladim va murabbiyga maydonga tushishiga tayyor ekanligimni aytdim. Endi buyog‘iga sog‘lig‘im bo‘yicha barchasi joyida bo‘lishiga umid qilaman", - deydi Bayi.
Eslatib o‘tamiz, Bayi o‘tgan yilning yoz oyida olgan jarohatidan so‘ng mavsumning birinchi qismini to‘liq o‘tkazib yubordi va joriy mavsumdagi debyutini ayni 26-turga kelib nishonladi.
Fikrlar