
Erik ten Xag "Bayer" murabbiyi etib tayinlangach, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Erik ten Xag "Bayer" bosh murabbiyi etib tayinlangach, klub haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Bugun "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Bundesliganing "Bayer" klubiga boshchilik qilishni boshladi. U klub bilan 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
— "Bayer" Germaniyaning eng yaxshi klublaridan biri va Evropa futbolining elit klublarining qatoriga kiradi.
Klubda ishlash uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan. Rahbariyat bilan muloqot menga katta taassurot qoldirdi.
Men "Bayer"ga klubning so‘nggi yillarda ortgan ambitsiyalarini amalga oshirish uchun keldim. Bu — o‘ziga xos davrda birgalikda yangi jamoani qurish va katta maqsadli loyihani amalga oshirish men uchun o‘ziga xos vazifa, – dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Erik "Bayer"da Xabi Alonsoning o‘rnini egalladi. Xabi 2023/24-yilgi mavsumda klubni ilk bor Germaniya Bundesligasi chempioniga aylantirgan edi.
Fikrlar