Erik ten Xag "katta" futbolchini chaqirdi

  • 20 iyun, 2024, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Manchester Yunayted” yozgi transferlar davrida faollik ko‘rsatmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Bavariya”ning tajribali o‘yinchisi Matteys de Ligtni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ish boshlashga tayyor.

Bu futbolchini niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti. Chunki ular bir paytlar “Ayaks”da birga faoliyat ko‘rsatgan.

“Bavariya” rahbariyati 24 yoshli futbolchini yaxshi taklif tushsa qo‘yib yuborishga tayyor. Transfermarkt  niderlandiyalik himoyachini 65 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!