
Erik ten Xag: "Manchester Yunayted" faol, shiddatli va juda agressiv o‘ynashi kerak"
Erik ten Xag "Manchester Yunayted"ni agressiv o‘ynashga undadi.
- Biz juda tajovuzkor bo‘lishimiz va buning uchun muayyan vaziyatlarda pressingni boshlashimiz va hamma bir to‘lqinda bo‘lishi kerak. Bu qo‘shimcha shiddat bizga to‘pga ega bo‘lishda yordam beradi va biz buni jamoa sifatida qilishimiz kerak, - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.
Avvalroq, niderlandiyalik murabbiy Manchester klubi bilan 2026 yilning yarmigacha bo‘lgan shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar