Erkaklar terma jamoamiz prezident kubogida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

  • 15 mart, 2022, 00:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, Eron poytaxti Tehron shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo taekvondo federatsiyasi prezidenti kubogi bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Bundan biroz avval erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham o‘z yakuniga etdi. Murosasiz kurashlar natijalariga ko‘ra, -63 kg vazn toifasida Zuhriddin Tohirov hamda -80 kg vazn toifasida Asadbek Toshtemirov kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -58 kg vazn toifasida Sanjar Muhtorov, -63 kg vazn toifasida Qudrat Haydarov va -70 kg vazn toifasida Asilbek Husanov bronza medali sohibiga aylandi.

Para taekvondo bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Ziyoda Isoqova hamda Guljanoy Naimova oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!