
Erling Xoland avgust oyida Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi
"Borussiya D" klubi hujumchisi Erling Xoland Bundesliganing o‘tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Erling Xoland o‘tgan oyda 3 ta gol urdi va shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Hujumchi bu mavsum 5 ta gol urdi va to‘purarlar bahsida Robert Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar