
Eron Kubogi. Bugun Amonov jamoasi yarim final chiptasi uchun maydonga tushadi
Bugun Eron Kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Unda Aziz Amonov harakat qilayotgan "Istiqlol" klubi o‘z maydonida "Nassaji Mazanderan"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, bungacha yarim final yo‘llanmasini "Alyuminium Arak", "Mes Kerman" hamda "Halij Fars" jamoalari qo‘lga kiritib ulgurgan.
Fikrlar