Ertaga 10 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun jang qiladi!
Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti.
Ertaга musobaqaning yarim final bahslari o‘tkaziladi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimizning bahsiga guvoh bo‘lamiz.
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva - Jiaen Vang (Xitoy) 09:45 A ring.
-75 kg: Samira Turg‘unova - Ariana Chavez (AQSh) 10:15 A ring.
-80 kg: Asaloy Baxtiyorova - Mairame Sov (Senegal) 10:15 B ring.
+80 kg: Nilufarxon Abduhoshimova - Kealey Perez (Samoa) 10:45 A ring.
-50 kg: Abdugani Yorqinjonov - Ambekar Meetei (Hindiston) 11:00 A ring.
-85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jaev - Zurab Oboladze (Gruziya) 12:00 A ring.
-90 kg: Asadbek Sultonboev - Soyunali Ovezgeldiev (Turkmaniston) 12:15 B ring.
-51 kg: Nazokat Mardonova - Ju Zhang (Xitoy) 15:00 A ring.
-65 kg: Sevara Mamatova - Amelia Zamana (Italiya) 15:15 B ring.
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev - Georgiy Bitiev (Yangi Zelandiya) 15:45 A ring.
Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da ikkinchi dastur 15:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar