
Ertaga o‘zbek jangchisi Braziliyada jang qiladi. U raqibi bilan yuzma-yuz keldi (Video)
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov ertaga Braziyaliyaning San-Paulu shahrida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtimiz anchadan buyon Braziliyada mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan edi.
Temirovning raqibi mezbonlar vakili "Mudino" nomi bilan mashhur Daniel Konseysao bo‘ladi. Mazkur qarama-qarshilik super engil (-56,7 kg ) vazn toifasida o‘tkaziladi.
Bugun ushbu jang avvalidagi vazn o‘lchash hamda "Face to face" marosimi o‘tkazildi.
Fikrlar