Ertaga O‘zbekiston – Yaman o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 8 oktabr, 2019, 13:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqich 3-turi doirasida Yaman bilan bahs olib boradi.

Tecno

O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ertaga, 9 oktyabr kuni mazkur o‘yin oldidan matbuot anjumani hamda rasmiy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Dastavval, soat 16:30da Yaman terma jamoasi ustozi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Yaman terma jamoasi “Paxtakor” stadionida mashg‘ulot o‘tkazadi. Mashg‘ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

So‘ngra soat 17:30da “Paxtakor” stadioni anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Vadim Abramov jurnalistlarning o‘yin oldi savollariga javob qaytaradi. Milliy jamoamizning rasmiy mashg‘uloti esa soat 18:00da bo‘lib o‘tadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!