
Ertangi super janglar oldidan "Face to face" marosimi bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)
Xabaringiz bor, 17 dekabr kuni Toshkent shahri katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. "Matchroom" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan va DAZN platformasi tomonidan butun jahonga translyatsiya qilinadigan mazkur oqshomda bir qator yurtimiz boks olami yulduzlari ringga ko‘tariladi.
Markaziy jangda super yarim o‘rta vazn (69.85 kg) toifasida hamyurtimiz Isroil Madrimov hamda frantsiyalik Mishel Soro yakuniy eliminator jangida to‘qnash keladi. Shuningdek, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Bektemir Meliqo‘ziev, Iqbol Xoldorov, Elnur Abduraimov, Dilshod Ro‘zmetov kabi iste’dodli charmqo‘lqop ustalari ham navbatdagi janglarini o‘tkazadi.
Bugun, mazkur jang kechasidan avval bokschilar "Face to Face" marosimida ishtirok etdi. Quyida, ushbu jarayondan fotolavhalarni e’tiboringizga havola etamiz.

















































Fikrlar