
Eshli Barti joriy yildagi eng kuchli tennischi ekanini isbotladi
Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan Yakuniy WTA turnir finalida ukrainalik Elina Svitolina va avstraliyalik Eshli Barti o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda Eshli tajribali raqibini 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mavsumning eng so‘nggi yirik turniri g‘olibiga aylandi.
"WTA Finals" musobaqas g‘olibi bo‘lgan Eshli Bartiga 2 million 95 ming AQSh dollar pul mukofoti hamda 955 reyting ochkosini ishlab oldi.
Fikrlar