Etti bokschimizdan olti g‘alaba!

  • 05.09.2023 23:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Ekaterinburg shahrida talabalar o‘rtasida boks bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazildi.

Musobaqada Osiyo va Evropaning yigirmaga yaqin mamlakatidan iste’dodli charm qo‘lqop ustalari qatnashdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan besh nafar vakilimizdan to‘rttasi shohsupaga ko‘tarildi.

63,5 kilogramm vazn toifasida bellashuvlarda hamyurtimiz Aydos Tog‘ayboev barcha raqiblarini engib, finalga chiqdi. Iste’dodli bokschimiz hal qiluvchi bellashuvda qozog‘istonlik Arxat Turginbekni katta ustunlik bilan engib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida finalda qatnashgan Dilshod Abdumurodov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadqodir Mamirjonov hamda Arman Maxanov bronza medalga loyiq topildi.

Qizlar musobaqasida qatnashgan har ikki sportchimiz shohsupaga ko‘tarildi. Marjona Savrieva 50 kilogramm vazn toifasida finalda qatnashib, kumush medalga ega chiqdi. Mohinabonu Abdullaeva esa, uchinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!