
"Everton" asosiy futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirdi
"Everton" klubi himoyachi Meyson Xogeyt bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli futbolchi “irischilar” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Xogeyt “Everton” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 74 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Meyson Xogeytga “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari xaridor bo‘layotgani haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar